Bo'g'im va umurtqa

Koksartroz (Son-chanoq bo‘g‘imining yemirilishi)

Son-chanoq bo‘g‘imi tog‘ayining yemirilishi: chanoq, chov va son sohasidagi og‘riq, oqsoqlanish hamda harakat cheklanishi. To‘g‘ri va erta parvarish bo‘g‘im faoliyatini saqlab qoladi.

Bu qanday kasallik?

Koksartroz — son-chanoq bo‘g‘imi tog‘ay to‘qimasining sekin-asta yemirilishi, yupqalashishi va bo‘g‘im yuzalarining deformatsiyaga uchrashi bilan kechuvchi surunkali degenerativ kasallikdir. Son-chanoq bo‘g‘imi inson tanasidagi eng yirik bo‘g‘imlardan biri bo‘lib, u butun tananing yuqori qismi og‘irligini ko‘taradi hamda yurish, o‘tirish, egilish kabi barcha asosiy harakatlarni ta’minlaydi.

Kasallik rivojlanganda bo‘g‘im ichidagi silliq tog‘ay qatlami yupqalashadi, bo‘g‘im suyuqligi kamayadi va son suyagi boshchasi chanoq kosachasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishqalana boshlaydi. Natijada suyak chetlarida osteofitlar (suyak o‘simtalari) hosil bo‘lib, bo‘g‘im tirqishi torayadi. Bu holat son va chov sohasida doimiy og‘riq, son suyagining kaltalashishi, buning oqibatida oqsoqlanishni olib keladi. Koksartrozni erta aniqlab, to‘g‘ri parvarishlansa, jarrohlik amaliyoti (bo‘g‘imni endoprotezlash) zaruratini oldini oladi.

Asosiy belgilari

  • Chov va son sohasidagi og‘riq: Og‘riq ko‘pincha chov sohasiga, sonning old va yon qismiga, ba’zan dumba yoki tizzagacha tarqaladi.
  • Harakat paytidagi og‘riq: Yurish, o‘rindan turish va zinadan ko‘tarilishda og‘riq kuchayadi.
  • Aylanma harakatning cheklanishi: Oyoqni ichkariga va tashqariga burish, paypoq yoki poyabzal kiyish, tirnoq olish, egilish va oyoqni chalishtirib o‘tirish qiyinlashadi.
  • Oqsoqlanish: Og‘riyotgan oyoqqa to‘liq tayanib bo‘lmagani sababli odam beixtiyor oqsoqlanib qadam tashlaydi.
  • «Boshlang‘ich» qotish: Uzoq vaqt bir joyda o‘tirgandan so‘ng dastlabki qadamlarni bosishda son-chanoqda og‘irlik va taranglik kuzatiladi.
  • Mushaklar zaiflashishi (atrofiyasi): Og‘riq tufayli oyoq kam harakat qilgani bois son va dumba mushaklari atrofiyasi boshlanadi.

Sabablari va xavf omillari

  • Yosh omili: 40–50 yoshdan so‘ng to‘g‘ri turmush tarzini olib bormaganligi sababli qayta tiklanish qobiliyati pasayadi.
  • Tug‘ma nuqsonlar (displaziya): Son-chanoq bo‘g‘imining tug‘ma yetarli rivojlanmaganligi yoki bo‘g‘im kosachasining sayozligi.
  • Ortiqcha tana vazni: Har bir ortiqcha kilogramm son suyagi boshchasiga tushadigan mexanik bosimni oshirib, tog‘ayning tez yeyilishiga olib keladi.
  • Jarohatlar va lat yeyishlar: Son suyagi bo‘yinchasi sinishi, bo‘g‘imning chiqishi yoki mikroshikastlanishlar.
  • Qon aylanishining buzilishi: Son suyagi boshchasida qon aylanishining buzilishi oqibatida to‘qimalarning ozuqasiz qolishi.
  • Muntazam og‘ir yuklamalar: Og‘ir jismoniy mehnat, uzoq muddat tik turib ishlash yoki bo‘g‘imga yuqori bosim beruvchi mashg‘ulotlar.

Oldini olish va kurashish

  1. Tana vaznini me’yorda saqlang

    Ortiqcha vaznni kamaytirish son-chanoq bo‘g‘imiga tushadigan doimiy yuklamani yengillashtiradi.

  2. Bo‘g‘imni zo‘riqtirmaydigan harakatlarni tanlang

    Suzish, maxsus davolash badantarbiyasi (LFK) va suv gimnastikasi bo‘g‘im harakatchanligini yaxshilaydi.

  3. Qo‘shimcha tayanchdan foydalaning

    Kasallik kuchaygan vaqtda bo‘g‘imni ortiqcha zo‘riqtirmaslik uchun vaqtincha hassa (tayoq)dan foydalanish tavsiya etiladi.

  4. Bir holatda uzoq qolmang

    Bir joyda uzoq vaqt tik turish yoki o‘tirishdan saqlaning, har 30–40 daqiqada tana holatini o‘zgartiring.

  5. Mushaklarni mustahkamlang

    Dumba va son atrofi mushaklarini ehtiyotkorlik bilan kuchaytirish bo‘g‘imni o‘z o‘qida to‘g‘ri ushlab turishga ko‘maklashadi.

  6. Oziqlantiruvchi parvarishni kechiktirmang

    Bo‘g‘im tog‘ayini mustahkamlovchi xondroprotektorlarni o‘z vaqtida qabul qiling.

Nutva

Organizmni qo'llab-quvvatlash uchun Nutva mahsulotlari

Sog'lom turmush tarziga qo'shimcha sifatida. Mahsulotlar dori vositasi emas.

Nutva Complex (German Technology)

Nutva Complex (German Technology)

Nutva Kompleks (German Texnologiyasi): Tarkibidagi glyukozamin, xondroitin, II-tip kollagen va gialuron kislotasi son-chanoq bo‘g‘imi tog‘ayini oziqlantiradi, bo‘g‘im suyuqligi sifatini yaxshilashga va harakatni osonlashtirishga yordam beradi. Bosvelliya va zanjabil ekstraktlari tabiiy yallig‘lanishga qarshi himoyani ta’minlaydi.

1 280 000 760 000 so'mdan · har biri · 3 quti olinganda

Batafsil
Nutva Gel

Nutva Gel

Nutva Gel: Chov va son-chanoq atrofiga sirtdan surtiladi. Mentol, kapsaitsin va chinnigul moyi mahalliy qon aylanishini faollashtirib, mushaklardagi taranglik hamda og‘riqni tezkor yengillashtiradi.

480 000 280 000 so'mdan · har biri · 3 quti olinganda

Batafsil
Nutva Omega-3

Nutva Omega-3

Nutva Omega-3: Surunkali yallig‘lanish jarayonlarining tabiiy muvozanatini saqlashga, mayda tomirlar elastikligini mustahkamlab, bo‘g‘im to‘qimalariga kerakli moddalar yetkazib berilishini yaxshilashga ko‘maklashadi.

640 000 380 000 so'mdan · har biri · 3 quti olinganda

Batafsil

Salomatlik qo'llanmasi

Kasalliklar
☎ 1294
Koksartroz (son-chanoq bo‘g‘imi yemirilishi): belgilari, sabablari va parvarishlash — Nutva